Alisher Usmonov Putinni biznesni rivojlantirishdagi bosh ittifoqchi deb atadi

Jahon 07:56 / 25.03.2016 1418

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi qurultoyidan keyin 24 martda "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiyada biznesni rivojlantirishdagi bosh ittifoqchi deb atadi.

Putinning o‘zi ham qurultoyda ishtirok etdi va undan keyin Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruv byurosi a'zolari bilan yopiq uchrashuv o‘tkazdi.

"Uchrashuv ikki shaklda o‘tdi: avval prezident ishtirokchilarni qutladi va mazmunli suhbat o‘tkazdi, keyin yopiq sessiya bo‘ldi va unda prezident Putin davlatimizda biznesni rivojlantirishning bosh ittifoqchisi sifatidagi rolini tasdiqladi", deb aytdi Usmonov.

"Xorijiy hamkorlarimiz yaratgan tashqi shartlar va jahon bozorlarida shakllanayotgan vaziyat biznes va davlatning o‘zaro suhbatida hokimiyatning harakatlanishini qiyinlashtirgandi, biroq hozir hammasi o‘z joyiga qaytmoqda va bu jarayonning tezlashtiruvchisi bo‘lib Putin hisoblanadi", deb ta'kidlab o‘tdi Usmonov.

Putin qurultoy vaqtida Rossiya biznesi "yanada javobgar va yetuk bo‘lgani" ta'kidlab o‘tdi.

"Rossiya biznesi yanada javobgarroq va yetukroq bo‘ldi, ochiq va madaniyatli qoidalar bo‘yicha ishlovchi javobgarlikni his qiluvchi kompaniyalar soni oshdi, ular davlat, jamiyat oldida o‘z majburiyatlarini bajarmoqdalar va eng asosiy majburiyat – o‘z vaqtida soliqlar to‘lamoqdalar", deb aytdi Putin. Putinning aytishicha, tadbirkorlar va soliq xizmatlari "umuman olganda ishonch va hamkorlikka asoslangan risoladagidek ishchi munosabatlarni yo‘lga qo‘ya olishgan".

Ko‘proq yangiliklar: