Ahmad Musa Nigeriya terma jamoasi sardorligidan mahrum bo‘ldi

Sport 17:21 / 25.03.2016 1077

Moskva shahri sharafini himoya qiluvchi TsSKA jamoasi a'zosi bo‘lgan nigeriyalik futbolchi Ahmad Musa Nigeriya terma jamoasi sardorligidan chetlatilgan. Terma jamoa bosh murabbiyi Samson Siasia "Chelsi" futbolchisi Jon Obi Mikelni sardor etib tayinlashga qaror qilgan. Bu haqda londonliklar jamoasi saytida ma'lum qilingan.

Siasia Nigeriya terma jamoasiga biroz muddat avvalroq bosh murabbiy sifatida tayinlangandi va u tajribaliroq futbolchini sardor etib tayinlashni ma'qul ko‘rgan.

Ayni vaqtda 28 yoshda bo‘lgan Obi Mikel Nigeriya terma jamoasi safida 72ta o‘yin o‘tkazgan.

Ko‘proq yangiliklar: