2016 yilda O‘zbekistonda to‘rtta logistika markazi tashkil etiladi

O‘zbekiston 17:09 / 25.03.2016 3445

2015 yil 29 dekabrdagi “2016-2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga asosan mamlakatimiz hududlarida meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, saqlash, birlamchi ishlov berish, transportirovka qilish va eksportga ortish ishlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan 17 ta Logistika markazlarni tashkil etish belgilangan.

Shu qarorga asosan joriy yilda to‘rtta logistika markazi tashkil etiladi. Andijon, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Bu haqda poytaxtdagi Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi tizimidagi korxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Aholining iste'mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish va ichki bozorni raqobatbardosh mollar bilan to‘ldirish maqsadida ulgurji savdo bazalar qoshida tashkil etilgan ishlab chiqarish sexlarda 2015 yil yakuniga ko‘ra, jami 19 milliard so‘mlikdan ziyod qolibli non, makaron, unli qandolat mahsulotlari, 2,5 milliard so‘mlik go‘sht va sut mahsulotlari, 4 milliard so‘mlik polietilen mahsulotlari, 1,5 so‘mlik atir sovun va 2 milliard so‘mdan ziyod boshqa turdagi iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

“O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasining 2016 yildagi kompleks chora-tadbirlar dasturiga asosan, qo‘shimcha 18 ta meva-sabzavotlarni qayta ishlash sexlari, 7 ta zamonaviy qolipli non, qandolat va makaron mahsulotlar ishlab chiqarish, 3 ta sutni qayta ishlash kichik sexlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: