3 karra «Oltin to‘p» sohibi Yohan Kroyff vafot etdi

Sport 17:51 / 24.03.2016 2908

Bugun, 24 mart kuni gollandiyalik afsonaviy futbolchi va murabbiy Yohan Kroyff 68 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda u haqdagi saytda ma'lum qilindi.

20 asrning eng kuchli futbolchilaridan biri sifatida tilga olingan Kroyffning o‘limiga saraton xastaligi sabab bo‘ldi.

Kroyff futbolchilik faoliyatining katta qismini «Ayaks» va «Barselona» jamoalarida o‘tkazgan. U 9 marta Gollandiya chempioni bo‘lgan, YeChLda bosh kubokni 4 marta boshi uzra ko‘targan, Ispaniya chempioni va 1974 yilgi jahon vitse- chempioni hisoblanardi. Bundan tashqari, u 3 marta «Oltin to‘p» olgan.

U murabbiy sifatida «Ayaks» jamoasi bilan Kubok egalari kubogi hamda 2 marta Gollandiya Kubogini qo‘lga kiritgandi. Keyinroq, «Barselona» jamoasi boshqaruviga kelib, Ispaniya chempionatidagi 4 marta chempionlik va Yevropa chempionlar ligasidagi 1 marta g‘oliblikka erishgandi. Aynan u kataloniyaliklar jamoasiga total futbol asosidagi tiki-taka uslubini olib kirgandi. Keyinchalik, uning shogirdlari Xosep Gvardiola va Luis Enrike bu uslubni muvaffaqiyatli tarzda rivojlantirishdi.

Kroyffning o‘zi 2009 yildan buyon Kataloniya terma jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat yurita boshlagandi.

Kroyffga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi

Ko‘proq yangiliklar: