Xitoyning “aqlli” avtomobili aprelda namoyish etiladi

Fan-texnika 07:56 / 24.03.2016 1097

Xitoyning Alibaba Group internet-kompaniyasi aprel oyida o‘zining birinchi “aqlli” avtomobilini Pekin avtosalonida taqdim etishni rejalashtirgan. Bu haqida Jenmin jibao gazetasi xabar berdi.

Yangilik kompyuter, sensor, kommunikatsiya vositalari, haydovchi yordamisiz avtomatik boshqaruv kabi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Avtomobil yo‘lda boshqa transport vositalari bilan aloqa qila oladi, uning elektr batareyasi o‘z kuchini 80 foizgacha saqlashga va uzoq vaqtgacha ishlashga yordam beradi.

“Krossover qismlari haqida aniq ma'lumotlar mazkur internet-avtomobilning namoyishi bilan bir vaqtda taqdim etiladi”, - deydi kompaniyaning texnik direktori Van Tszyan.
Ta'kidlanishicha, aqlli avtomobil Shanghai Automotive Industry Corporation (SAIC) bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda, loyihaga 800dan ortiq olimlar jalb etilgan.

Avvalgi xabarlarda, mazkur mashina Roewe City SUV nomini olishi mumkinligi va 25 apreldan 4 maygacha Pekin avtosalonida namoyish etilishi aytib o‘tilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: