Xitoydagi qulagan shaxta ostidan 19 kishining jasadi aniqlandi

Jahon 10:42 / 24.03.2016 910

Xitoy shimolida joylashgan shaxtada sodir bo‘lgan avariya oqibatida kamida 19 konchi halok bo‘lgan. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha shaxtada 129 konchi ishlayotgandi. Bu shaxta Shansi viloyati hududida joylashgan bo‘lib, unda Shanxi Datong Coal Mine Group kompaniyasi xodimlari faoliyat ko‘rsatishadi.

Hozirda konchilarni qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan oldinroq, Xitoy shimoli-sharqidagi ko‘mir shaxtalaridan birida portlash yuz berishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: