Xitoy politsiyasi ko‘chada politsiyachilardan birini o‘pib olgan sotuvchi yigitni kaltakladi

Jamiyat 17:17 / 24.03.2016 1202

Xitoyning Lyuchjou shahri politsiyachilari ko‘chada noqonuniy ravishda sotuvchilik qilayotgan yigitni qo‘lga olishga harakat qilayotganida voqealar rivoji kutilmagan tomonga o‘zgargan. Bu haqda 24 mart kuni Mashable xabar tarqatgan.

Politsiyachilar Huang ismli noqonuniy sotuvchiga yaqinlashganida u politsiyachilardan birining labidan o‘pib oladi.

Shundan so‘ng bir necha politsiyachi uni o‘rab olib kaltaklay boshlashgan. Hududdagi boshqa sotuvchilar esa sheriklariga yordam berishga urinishgan.

Keyinroq, politsiyachilar yigitni politsiya mahkamasiga olib borishgan. Kaltaklash natijasida u jarohat olgan-olmagani haqida ma'lumot yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: