Suriya hukumati armiyasi Palmira shahri markaziga kirib keldi. Reyter agentligining mahalliy telekanalga asoslanib, xabar tarqatishicha, hukumat askarlari bu tarixiy shaharning markazini egallagan.
Telekanalda o‘tgan yilning mayidan buyon IShID jangarilari qo‘lida bo‘lgan shahar manzaralari ko‘rsatilgan.
Biroz oldin, Suriya armiyasi 24 mart, payshanba kuni Palmirani qo‘lga kiritishni va'da qilgani haqida xabar berilgandi.
Avvalroq esa Suriya armiyasi bo‘linmalari o‘z-o‘zini mudofaa qilish xalq otryadlari yordamida Palmira me'moriy-tarixiy majmuasi joylashgan Tadmor shahri yaqinidagi barcha strategik tepaliklarni egallagani ma'lum qilingandi.