OAV: AQSh eronlik xakerlarni Nyu-Yorkdagi to‘g‘onga hujum qilishda ayblamoqda

Jahon 08:46 / 24.03.2016 1541

AQSh hukumati eronlik xakerlarni bir nechta AQSh banklari va Nyu-Yorkdagi to‘g‘onga hujum qilishda ayblamoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, bu hujumlar 2012 va 2013 yillarda sodir etilgan.

Kompyuterlarga noqonuniy kirganlikda ayblanayotgan bir necha eronliklarga AQSh adliya vazirligi nomidan ayblov hukmi e'lon qilindi. Shuningdek, hukmda xakerlarning Eron hukumati bilan aloqasi borligi ko‘rsatiladi. Ma'lum qilinishicha, xakerlarning barchasi Eronda yashaydi.

Xakerlar Nyu-Yorkdagi Bowman Avenue to‘g‘oni kompyuter tizimiga uyali modem orqali kirishgan. Ta'kidlanishicha, eronliklarning hujumiga Bank of America, JPMorgan Chase, Capital One, PNC Financial Services and SunTrust Bank kabi moliya tashkilotlari ham uchragan.

Avvalroq AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton Eron AQShga xakerlik hujumlarini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: