Muqaddas Yelena oroli hukumati qarorgohida dunyodagi eng yoshi katta – 184 yoshli Jonatan ismli toshbaqani yuvintirishdi. Jarayonni Jo Xollins ismli veterinar amalga oshirdi. Mashable nashrining ma'lumotiga ko‘ra, Britaniya qirollik oilasi vakillari keyinroq toshbaqa bilan uchrashishadi.
Jarayon tasviri tushirilgan video-rolik "St Helena Government"ning "YouTube"dagi kanalida joylashtirilgan. Video-rolik hozirgi kungacha uch ming marta tomosha qilingan.