Jyervino: «Xitoyda har bir urgan golim uchun 150 ming yevro bonus sifatida beriladi»

Sport 09:31 / 24.03.2016 1173

Qishki transferlar vaqtida «Roma»dan Xitoyning «Xebey Chjuntszi» jamoasi safiga borib qo‘shilgan Jyervino bu jarayon haqida gapirib berdi.

«Menga rad etib bo‘lmaydigan taklif berishdi. Albatta bu taklif mening o‘yin saviyamni hisobga olingan holda berilgan. Men bunday maoshni oqlay olaman. Tan olish kerakki, bunday maosh odatdagi kishilar uchun aql bovar qilmas darajada, men uchun ham bu juda ko‘p miqdordagi maosh hisoblanadi.

Futbolchiga bunday pullarni «Real»da ham to‘lashmaydi. Qolaversa, bu soliqlarni chiqarib tashlagandan keyingi maosh.

Aytishim mumkinki, har bir urgan golim uchun 150 ming yevro bonus sifatida olaman. O‘yindagi g‘alaba uchun jamoa futbolchilariga 800-900 ming yoki million yevro ajratiladi», – deydi Jyervino.

Eslatib o‘tamiz, Jyervino Xitoy klubiga o‘tganida u jamoasida yiliga 10 mln yevro maosh olishi, qo‘shimcha maoshlar bo‘lishi haqida ma'lum qilingandi.

28 yoshli ivuarlik futbolchi Xitoy oliy ligasining birinchi turida yangi jamoasi safida «Guanchjou Fuli»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga o‘zining bir goli bilan hissa qo‘shdi.

U bilan birga jamoada «Sevilya»ning sobiq futbolchisi Stefan Mbia hamda «PSJ»ning sobiq a'zosi Esekiyel Lavessi ham to‘p suradi.

Ko‘proq yangiliklar: