Endi Jaguar avtomobilini soat yordamida boshqarish mumkin

Fan-texnika 08:15 / 24.03.2016 1728

Jaguar kompaniyasi avtomobil funksiyalarini boshqarishga mo‘ljallangan elektron soatlar uchun maxsus dasturni ishga tushirishga hozirlik ko‘rmoqda, deya xabar beradi Autocar.

Avvalroq Jaguar va Land Rover haydovchilari Apple Watch soatlari orqali shunday imkoniyatga ega edilar. Endi esa Android Wear operatsion tizimidagi qurilmalar foydalanuvchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Ma'lum bo‘lishicha, InControl Remote yoki InControl Protect tizimi o‘rnatilgan avtomobil egalari soat yordamida mashinani o‘t oldirishlari, iqlim tizimini yoqishlari, yoqilg‘i darajasini tekshirishlari, eshiklarni ochib, yopishlari mumkin. Shuningdek, o‘z mashinalarini qurilma orqali avtomobil turar joylaridan tezda topib olishlari mumkin bo‘ladi.

Avtomobil egalari dasturni 2016 yil yoz oylaridan boshlab yuklab olishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: