DiKaprioni Yaponiyada muxlislar ayiq ko‘rinishiga kirgan holda kutib olishdi

Jamiyat 16:20 / 24.03.2016 1445

Amerikalik aktyor, 2016 yilgi "Oskar" mukofoti sohibi Leonardo DiKaprio "Omon qolgan" filmining Yaponiyadagi taqdimotida ishtirok etdi.

"Oskar" laureati marosimda muxlislar bilan uchrashgan, bu vaqtda muxlislarning bir nechasi ayiq ko‘rinishidagi kiyimlarda bo‘lgan. Ular aktyorning uzoq kutilgan mukofotini "ayiq hujumiga uchragan obrazi" evaziga qo‘lga kiritganiga shama qilishgan.

Aktyor Tokioga 2 yil ichida ilk marta keldi. Matbuot anjumani vaqtida u "Oskar"ni olish faxr ekanini, lekin kinoga mukofotlar uchun kelmaganini" bildirib o‘tgan.

DiKaprio shuningdek, bundan keyin ham yanada muvaffaqiyatli rollar ijro etmoqchiligi ekanini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: