Amerikalik aktyor Leonardo DiKaprio Yaponiyada "Omon qolgan" filmining premerasi oldidan muxbirlar bilan bo‘lgan suhbatda "AQShga zamonaviy fanga ishonmaydigan prezident kerak emas", - deb aytib o‘tdi. Bu haqida Washington Examiner nashri xabar berdi.
"Bizning mamlakatni zamonaviy fanga ishonmaydigan davlat rahbari boshqarishi mumkin emas", – deb aytdi DiKaprio.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, iqlimning o‘zgarishi – odamzod yuz kelgan muammolardan biri va AQSh uning yechimida o‘z ulushini qo‘shishi lozim.