Bryussel aeroporti 28 martgacha yopiq bo‘ladi

Jahon 22:31 / 24.03.2016 845

Zaventemdagi Bryussel xalqaro aeroporti shahardagi teraktlardan keyin 28 martgacha yopiq bo‘ladi, deyilmoqda aeroportning rasmiy tvitterida.

"Bryussel aeroportiga va undan yo‘lovchi reyslari amalga oshirish 28 martgacha to‘xtatildi. Ma'lumot olish uchun o‘z aviakompaniyangiz bilan bog‘laning", deb xabar bermoqda aeroport matbuot xizmati.

Avvalroq Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Bryusselga reyslarni 28 martgacha bekor qilishi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: