Bryussel aeroporti 25 mart kunigacha yopiq bo‘ladi

Jahon 11:49 / 24.03.2016 883

22 mart kuni teraklar sodir etilgan Bryusseldagi Zaventem aeroporti kamida 25 mart kunigacha yopiq bo‘ladi. Bu haqda aeroport saytida ma'lum qilingan.

Ayni vaqtda aeroport yo‘lovchi samolyotlarni qabul qilmayapti va samolyotlar reysi amalga oshirilmayapti. Shuningdek, yuk samolyotlarining reyslari to‘xtatilgan.

22 mart kuni yuklarini yo‘qotgan yo‘lovchilarga va 23 mart kungi reyslar uchun chipta olgan yo‘lovchilarga aviakompaniya bilan bog‘lanish tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 300ga yaqin kishi jarohatlangan.

Bundan oldinroq, Lufthansa konserni Belgiya poytaxtiga amalga oshirilishi belgilangan barcha reyslarini 28 mart kunigacha bekor qilgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: