Belgiya hukumati Bryussel aeroportidagi ikkinchi terrorchining shaxsini aniqladi

Jahon 06:44 / 24.03.2016 1125

Belgiya hukumati Bryussel aeroportida o‘zini portlatgan ikkinchi terrorchining shaxsini aniqladi, deb xabar bermoqda De Standaard nashri.

Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, bu kimsa Belgiya tomonidan 2014 yildayoq terrorchilik faoliyatida ayblov bilan xalqaro qidiruvga berilgan Najim La'shraviy bo‘lib chiqdi. Avvalroq La'shraviy teraktlarning tashkilotchisi deb hisoblanayotgan edi.

Ta'kidlanishicha, uning DNKsi 13 noyabrda Parijdagi teraktlarda ishlatilgan portlovchi moddada aniqlangan.

Aeroportda o‘zini portlatgan yana bir terrorchi Ibrohim al-Bakraviy ekanligi ma'lum bo‘lgandi, uning ukasi Xolid esa o‘zini metroda portlatgan.

Ko‘proq yangiliklar: