Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel yaqin kunlarda bo‘lib o‘tgan teraktlar tufayli ichki ishlar vaziri Yan Yambonning iste'fosi haqidagi murojaatini rad etdi.
"Bosh vazir ichki ishlar vaziri Yambonning iste'fosi haqidagi murojaatini rad etdi", - deb yoziladi gazetada.
IIV rahbari Yan Yambon shu kuni bo‘lib o‘tadigan YeI Kengashining favqulodda yig‘ilishida ishtirok etishi lozim. Bu yig‘ilishda YeIning barcha ichki ishlar va adliya vazirlari Bryusselda 22 mart kuni bo‘lib o‘tgan mudhish voqealarni muhokama qiladi.