Barak va Mishel Obama Argentinaga safar davomida tango raqsini ijro etishdi

Jahon 08:12 / 24.03.2016 2652

AQSh prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama Argentinaga safar davomida ushbu mamlakat prezidenti Maurisio Makri tomonidan tashkil etilgan tushlikda tangoga raqs tushishdi, biroq ular raqsni bir-birlari bilan emas, balki alohida-alohida professional raqqoslar bilan ijro etishdi.

Bu Obama Makri bilan birga tostlar aytgandan keyin yuz berdi. Obamaga Argentinaga safari davomida hamrohlik qilayotgan amerikalik jurnalistlarning xabar berishicha, raqs prezidentlar, ularning rafiqalari va mehmonlar o‘tirgan stollarning shundoq yonida ijro etilgan. Obama va uning rafiqasi bilan raqs tushgan erkak va ayol dastlab birga an'anaviy tangoni namoyish qilishgan. Bu orada Makri Obamaga bu raqsning ba'zi jihatlaridan tushuncha bergan.

So‘ngra raqqosa AQSh prezidenti yoniga kelib, u bilan raqsga tushishni taklif qilgan. Obama avval buni rad etishga harakat qilgan, biroq tezda "taslim bo‘lgan". Bu orada erkak raqqos Mishel Obama yoniga kelib uni ham raqsga taklif qilgan. AQShning birinchi xonimi tangoni bu raqsning ustasi bilan ijro etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslikka qaror qilib, u ham raqsga tushdi.

Qolgan mehmonlar esa faol tarzda bu holatni tasvirga olishga uringanlar.

Ko‘proq yangiliklar: