Arnold Shvartsenegger Putinni "rus Terminatori" deb atadi

Jahon 09:22 / 24.03.2016 1125

Rossiyaning Perm o‘lkasi Polvonlar ittifoqi vakillari AQShda bo‘lib o‘tayotgan Arnold Amateur World championship 2016 musobaqalarida Gollivud yulduzi, aktyor Arnold Shvartseneggerga Rossiya prezidenti Vladimir Putin surati tushirilgan futbolkani sovg‘a qilishdi. Bu haqda permnews.ru sayti xabar bermoqda.

Musobaqalar ishtirokchisi, rossiyalik og‘ir atletikachi Sergey Xarlamov aktyorning bu sovg‘aga qanday munosabat bildirgani haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, Arnold Shvartsnegger sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirish vaqtida hazilomuz tarzda munosabat bildirib, Putinni "rus Terminatori" deb atadi.

"Uning fikrini bilish juda qiziq bo‘ldi. U futbolkani olmasligi ham mumkin edi. Odam har qanday munosabat bildirishi mumkin. Men Shvartsneggerga "bizda sizga antiqa sovg‘a bor" dedim. U bo‘lsa "Ha" deb javob berdi va sovg‘ani olgach, biroz taajjublanib turib, "Russian Terminator" ("rus Terminatori") deb aytdi", demoqda Xarlamov.

Shvartsenegger tomonidan tashkil etiladigan Arnold Amateur World championship xalqaro festivali bilaklar kuchini namoyish qilish sportida nufuzli musobaqa hisoblanadi. U AQShda 1989 yildan beri o‘tkazib kelinadi.

Ko‘proq yangiliklar: