AQSh davlat kotibi rossiyalik vazirni tabrikladi

Jahon 15:49 / 24.03.2016 1193

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni o‘tib ketgan tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

“Men ushbu vaziyatdan foydalanib, seni tug‘ilgan kuning bilan tabriklamoqchiman. Bu sana senga ushbu muzokaralarni o‘tkazishda qo‘shimcha donolik bag‘ishlaydi, deb umid qilaman. 39 yosh uchun ko‘rinishing juda yaxshi”, - dedi Kerri.

“Jon, raxmat, lekin agar donolik tug‘ilgan kunlar miqdori bilan o‘lchansa, senga yetib olishim qiyin”, - javob berdi Lavrov.

Delegatsiya bu suhbatni kulgu bilan qarshi oldi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Lavrov 21 mart kuni 66 yoshga to‘ldi. Kerri esa o‘tgan yilning oxirida 72 yoshga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: