AQSh Davlat departamenti Bryusseldagi teraktlarda 10 amerikalik jabrlanganini ma'lum qildi

Jahon 01:42 / 24.03.2016 1575

AQSh hukumati 22 martda Bryusselda yuz bergan teraktlarda 10 nafar amerikalik jabrlangani haqida ma'lumotga ega, deb aytdi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner.

"Biz voqeani baholashda davom etmoqdamiz. Biz taxminan 10 nafar yaralangan amerikalik haqida bilamiz", deb aytdi Toner.

Toner AQShning ba'zi fuqarolari, jumladan Belgiyada bo‘lgan AQSh hukumati xodimlari va ularning oila a'zolari bo‘yicha hali ma'lumotlar olinmaganini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq AQSh kongressi vakillar palatasining razvedka masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Devin Nunes teraktlar amerikaliklarga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: