22 mart kuni noma'lum amerikalik Sietl shahrining markazidagi 24 metrli daraxtga chiqib olib, o‘t o‘chiruvchilarga uni qutqarib olishlariga yo‘l qo‘ymayapti. Mahalliy telekanal sayti sodir bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatmoqda. Bu haqida BuzzFeed xabar berdi.
O‘zining g‘aroyib aksiyasi uchun amerikalik sekvoyya daraxtini tanladi. Bu daraxt 70-yillardan beri shahar markazida joylashgan va Sietl aholisi tomonidan yangi yil archasi o‘rnida foydalaniladi.
Voqea joyiga kelganlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmaguncha daraxt tagida navbatchilik qilishmoqda. Hozircha yigitni majburlab daraxtdan tushirish rejada yo‘q, chunki “vaziyat yanada murakkab tus olishi mumkin”.
Daraxtdagi noma'lum shaxs qutqaruvchilarga olmalar va yong‘oqlar uloqtirib, ular bilan suhbatlashishni istamagan.
Shunday qilib, yigit bir kechani yopinchiq bilan daraxt ustida o‘tkazdi.
Voqea joyiga Sietlning “chinakam superqahramoni” Feniks Jons tezda yetib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u daraxtdagi yigitni tanigani sababli yordam berish uchun tashrif buyurdi. Biroq, politsiya uning xizmatini rad etdi.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda juda katta tezlik bilan mashhurlikka erishdi, hattoki tvitterda “Daraxtdagi erkak” nomli ikki mingdan ortiq o‘quvchiga ega soxta sahifa paydo bo‘ldi.
DEVELOPING: Seattle's #ManInTree comes down from tree to cheers from onlookers pic.twitter.com/cR2XnaGdOa
— Mashable News (@MashableNews) 23 marta 2016 g.