Porsche Automobil Holding SE holdingi tarkibidagi Porsche Design kompaniyasi va adidas hamkorligida oyoq kiyimlar jamlanmasi yaratildi. Luxurylaunches nashri ma'lumotiga ko‘ra, gap futbol butsalari haqida ketmoqda.
Design Sport X nomi ostidagi mahsulot butunlay qora rangda bo‘lib, u tashqi ko‘rinishidan Porsche 911 sportkari dizaynini eslatadi. Bunday mahsulotlardan cheklangan miqdorda, ya'ni 1500 nusxa tayyorlangan. Bu butsalar savdoga chiqarilgan, narxi 375 yevro.