Ukrainada Savchenkoni sud qilgan hakamlarga qarshi ikkita ish qo‘zg‘atildi

Jahon 19:29 / 23.03.2016 961

Ukraina bosh prokuraturasi ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoga hukm chiqarishga aloqador bo‘lgan hakamlar va prokurorlarga qarshi ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Ukrainaning "Apostrof" nashri ma'lum qildi.

"Kecha sudgacha tergovlar yagona ro‘yxatiga ikkita jinoiy ish kiritildi. Birinchisi – Savchenkoga nisbatan noqonuniy hukm chiqargan Rossiyaning Donetsk shahri sud hakamlariga qarshi qo‘zg‘atilgan. Ikkinchisi Rossiya prokurorlari bilan bog‘liq. Ular shaxsni jinoiy javobgarlikka noqonuniy tortishda ayblanmoqdalar", deb aytdi prokuror.

Prokuror Ukraina bosh prokuraturasi Savchenko ishi bo‘yicha Rossiya prokurorlari va hakamlarini sirtdan qoralash uchun Interpolga murojaat qilmoqchi ekanligini aytdi.

Avvalroq Rostov viloyatining Donetsk shahar sudi ukrainalik uchuvchi Savchenkoni rossiyalik jurnalistlarni o‘ldirishda aybdor deb topib, umumiy tartibdagi koloniyada jazoni o‘tash bilan 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: