UYeFA yana bir marta Yevro-2016 turniri muxlislarsiz stadionlarda o‘tishi mumkinligini ma'lum qildi

Sport 08:24 / 23.03.2016 939

Bryusseldagi teraktlardan keyin UYeFA yana bir marta 2016 yilgi Yevropa chempionatining bir qancha o‘yinlari muxlislarsiz stadionlarda o‘tkazilishi mumkinligini bildirdi.

"Fransiyada o‘tkaziladigan Yevropa chempionati vaqtida xavfsizlikni ta'minlash birinchi vazifa hisoblanadi. O‘yinlarning barchasi o‘tkaziladi, bunga shubha bo‘lishi kerak emas. Lekin ba'zi o‘yinlar xavfsizlik nuqtai nazarida muxlislarsiz stadionlarda o‘tkazilishi ehtimoli saqlanib turibdi", deya tashkilot vakili Abetning so‘zlaridan iqtibos keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Bundan oldinroq ham UYeFAdagilar Yevro—2016 o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkinligini tasdiqlashgandi.

2 mart kuni Fransiya futbol bo‘yicha 2016 yilgi Yevropa chempionatining final qismi boshlanishiga qadar 100 kunlik teskari sanoqni boshladi. Shu munosabat bilan turnir direktori Martin Kallen tashkilotchilar o‘yinlarni bo‘sh tribunalar bilan o‘tkazish ehtimolini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.

Keyinroq, Fransiya rasmiylari o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkinligini inkor qildi.

Ko‘proq yangiliklar: