UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatorining poytaxtda ochilgan yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofisi mehmonlarni qabul qilishni boshladi. U Muhammad Yusuf ko‘chasi, 68 uy manzili bo‘yicha – Buyuk Ipak yo‘li metro bekatidan chiqishda joylashgan. Ofis har kuni soat 8.00dan 22.00gacha tushlikka tanaffus va dam olish kunlarisiz ish yuritadi.
Yangi salonda abonentlar UMS tarmog‘iga ulanishlari, Internet-to‘plamlar harid qilishlari, tarif tanlashlari, qo‘shimcha xizmatlar yoqishlari, haqi bo‘lib to‘lanadigan alohida toifadagi raqamlarni rasmiylashtirishlari, shuningdek mobil aloqaning barcha masalalari bo‘yicha maslahat olishlari mumkin.
«Yangi sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarini ochish orqali UMS xizmatlari yanada ommabop bo‘lishiga intilamiz. Respublikaning nafaqat poytaxtida, balki boshqa aholi punktlarida ham o‘zimizga qarashli ofislar tarmog‘ini rivojlantirish – mijozlar bilan ishlash bo‘yicha ijobiy tajribamizni boyitishga qaratilgan choralardir. Bu orqali abonentlarimizni operator taklif etayotgan xizmatlardan qulay va tezkor ravishda foydalanishlariga sharoit yaratamiz», — deya chakana savdo tarmog‘ini kengayishiga izoh berdi UMSning sotuvlar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori Yuriy Svechnikov. – Shuni ta'kidlash kerakki, bugungi kunda Toshkent shahri hududida UMSning ikkita xizmat ko‘rsatish markazi va endilikda to‘rtta o‘ziga qarashli ofislar faoliyat olib bormoqda».