Samsung Galaxy S7 murakkab sinovlardan o‘tkazildi

Fan-texnika 19:02 / 23.03.2016 2751

Samsung kompaniyasining yangi flagmani IP68 standartidagi suv va changdan himoya tizimini qo‘lga kiritgan. Bu esa, Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlarini bir metr chuqurlikda suv ostiga 30 daqiqaga sho‘ng‘ishga chiday olishidan dalolat beradi. Tabiiyki, ushbu xususiyatni sinab ko‘ruvchilar ham topildi. Buning uchun qiziquvchan insonlar murakkab sinovlarni o‘tkazib ko‘rishdi.

Boshida Galaxy S7 sovuqga chidamliligi sinab ko‘rildi. Buning uchun ular qurilmani suv to‘ldirilgan idishga solib, uni muzlatgichga qo‘yishdi va qurilma u yerda ikki soat bo‘ldi. Bunday og‘ir sinovga qaramay Janubiy Koreyaning yangi smartfoni ishlashni davom ettirdi.

So‘ngra, qurilma undan ham qiyinroq sinovdan o‘tkazib ko‘rildi. Galaxy S7 kir yuvush mashinasiga yuborildi. Smartfon 45 daqiqali issiq suvda kir yuvish jarayoniga dosh bera oldi. Shunisi ma'lum bo‘ldiki, unga nafaqat shikast yetmagan, balki yanada yaltiroq bo‘lib qolgan.

Yuqoridagi sinovlardan so‘ng, Galaxy S7 haqiqatan ham suvga chidamli ekanligiga ishonch hosil qilsa bo‘ladi. Ammo bunday sinovlarni amalda bajarib ko‘rishingizni maslahat bermaymiz.

Ko‘proq yangiliklar: