Samsung Galaxy S7 Edge ikkita “SIM-karta” va “microSD”ni sig‘dira oladi

Fan-texnika 19:16 / 23.03.2016 1663

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlarini taqdim etishda ko‘plab foydalanuvchilarning ko‘nglini olishni rejalashtirgan. Qurilmalar 2,5D-oyna va orqa qismning egilib ishlanganligi tufayli ulardan foydalanish ancha qulay bo‘lgan. Bundan tashqari, ishlay olish vaqti uzaytirilgan, suv va changdan himoya tizimi qaytarilgan hamda doimiy xotira kengaytirilgan. Bu yangi avlod smartfonlarida microSD va SIM-karta yoki ikki SIM-kartani birgalikda qo‘llash uchun slot o‘rnatilgan. Ammo Galaxy S7 Edge smartfonining foydalanuvchilaridan biri bir vaqtning o‘zida ham microSD, ham ikki SIM-kartani ishlata oldi.

Smartfonda Dual SIM va microSD ni bir vaqtda ishlashini ta'minlash uchun Nano turidagi SIM-kartaning chipini qizdirish orqali uni yelim qoplamasidan ajratib olish va xotira kartasiga yopishtirish zarur. Bunda chipni kerakli hajmga keltirish uchun qaychi bilan ehtiyot bo‘lib kesish lozim.

Bunday operatsiya SIM-karta va xotira qismiga zarar yetkazish mumkin, agarda ular slotning ichida tiqilib qolsa, eng katta muammo bo‘lishi tayin. Modifikatsiya qilingan Galaxy S7 Edge smartfonining sohibi yangilanishni amalga oshirish uchun maxsus qo‘llanmani taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, bunday operatsiyalarni o‘zingizga tavakkal qilgan va javobgarlikni olgan holda amalga oshirasiz.

Ko‘proq yangiliklar: