«Stok Siti» jamoasi himoyachisi Rayan Shoukross o‘zining Angliya terma jamoasidagi omadsiz debyuti (2012 yilda Shvetsiya termasiga qarshi 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvi) haqida eslab o‘tdi.
«Oilamdagilar bu voqeani kulgi bilan eslashadi. Chunki debyutim 10 daqiqa ichida bir kishini deb yo‘qqa chiqqan.
Ular aynan Ibrahimovich mening termadagi faoliyatimni to‘xtatganini ta'kidlashadi. Menda uni to‘xtatish uchun imkon bo‘lgandi, lekin o‘ylamaymanki, boshqa ko‘plab himoyachilar ham unga qarshi muvaffaqiyatli harakat qila olishadi.
Menga o‘zimni ko‘rsatish uchun 10 daqiqa berilgan, lekin mening o‘yinim o‘xshamagandi.
Menga o‘shanda dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biriga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri kelgandi. Qolaversa, Ibrahimovich o‘shanda a'lo darajadagi o‘yinlar namoyish etayotgan payt edi. Futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi», – deydi Shoukross.