«PSJ» prezidenti «Atletiko» direktoriga madridliklar Mottani ortga qaytarmoqchi bo‘lganida tahdid qilgan

Sport 09:14 / 23.03.2016 949

2015 yilning yozida Madridning «Atletiko» jamoasi o‘zining sobiq futbolchisi Tiyago Mottani «PSJ»dan sotib olmoqchi bo‘lganida parijliklar jamoasi xo‘jayini Nosir Al-Halayfi madridliklar jamoasining ijrochi direktoriga tahdid qilgan. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, ispanlar 2007-2008 yillarda «Atletiko» a'zosi bo‘lgan Mottani ortga qaytarmoqchi bo‘lganida, parijliklar buni istashmagan.

Al-Halayfi «Atletiko»ning ijrochi direktori Migel Anxel Hilga qo‘ng‘iroq qilgan va yoki jiddiy tarzda, yoki hazillashib tahdid qilgan. Shundan so‘ng, «Atletiko» Italiya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchini transfer qilish g‘oyasidan voz kechgan. Keyinroq esa, Motta parijliklar jamoasi bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirgan.

Ko‘proq yangiliklar: