Pentagon Rossiya Asadga ta'sir qila olishiga shubha bildirdi

Jahon 00:42 / 23.03.2016 891

Pentagon Rossiya Suriyadan aviatsiyasini olib chiqib ketgandan keyin mamlakat prezidenti Bashar Asadga bosim o‘tkazishga dastaklarni saqlab qolganiga shubha bildirdi. Bu haqda 22 martda AQSh Kongressida AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Rossiya Suriyaga IShID bilan kurashish uchun kelganini aytgandi, biroq u buni qilmadi. Buning o‘rniga uning armiyasi fuqarolik urushini uzaytirdi, Asadni qo‘llab-quvvatladi va ayni vaqtda biz Rossiya Suriya xalqiga zarur bo‘lgan diplomatik yo‘lni osonlashtirish uchun Asadga bosim o‘tkazishga dastaklari qolganini ko‘rmayapmiz", deb aytdi Karter.

Karterning ta'kidlashicha, Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi AQShning IShIDga qarshi kampaniyasiga hech qanday ta'sir qilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: