O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2015 yilda 10 foizga pasaydi

O‘zbekiston 17:02 / 23.03.2016 6498

2015 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25,283 milliard dollarni tashkil qildi va 1 yil oldingiga qaraganda 10 foizlik pasayish qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axboroti keltirilgan deya xabar beradi Sputnik.

2015 yilning yanvar—dekabr oylarida eksport hajmi 12,868 milliard dollarni, import hajmi esa 12,415 milliard dollarni tashkil etdi. Mos ravishda tashqi savdoning ijobiy saldosi 453 million dollarga teng bo‘ldi.

2014 yil yakunida mamlakat tashqi savdo aylanmasi hajmi 2013 yildagiga qaraganda 3 foizga pasayib, 28,054 mlrd dollarni tashkil qilgandi. O‘shanda eksport hajmi 6,5 foizga pasayib, 14,084 mlrd dollarni, import hajmi 1 foizga o‘sib, 13,97 mlrd dollarni tashkil qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: