Manba: Kerri Putin bilan Suriyadagi siyosiy almashishni muhokama qiladi

Jahon 20:45 / 23.03.2016 852

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 24 martda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Suriyadagi siyosiy almashish jarayonini muhokama qiladi, deb AQSh Davlat departamentidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Davlat kotibi Putinning siyosiy almashish haqidagi fikrini bilmoqchi. Putinda oxirgi bir necha hafta ichida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan bir necha marta aloqa bo‘lgan va agar Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibi Suriyadagi hukumatning almashishi boshi bo‘lsa, unda u qaysi izdan borishini aniq belgilab olish kerak", deb aytdi manba.

Manba o‘t ochishni to‘xtatish tartibini o‘rnatishda muvaffaqiyatlar borligiga qaramasdan, bu masala bo‘yicha yakuniy qaror yaqin orada qabul qilinishiga umid qilmasligini aytdi.

Kerri 23 martda Moskvaga rasmiy safar bilan keldi.

 

Ko‘proq yangiliklar: