Gvatemalada avtobus bilan avtomobil to‘qnashishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Jahon 08:45 / 23.03.2016 884

Gvatemalaning janubi-g‘arbida avtobusning boshqa bir avtomobil bilan to‘qnashuvi yuz berdi. Kuyotenango munitsipalitetida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Fox News Latino nashri.

Favqulodda xizmatlar ma'lumotlariga ko‘ra, yana 30 kishi jarohat olgan. Voqea joyidan olingan suratlardan avtobus yonboshlab yotganini, uning tagida esa kichik furgon yoki pikap borligini ko‘rish mumkin.

Guvohlarning aytishicha, avtobus haydovchisi katta tezlikda boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: