Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘li Yevropa xavfsizligini ta'minlash uchun Turkiyadan boshqa hamkor yo‘qligini ta'kidladi, deya ma'lumot bermoqda Reuters axborot agentligi.
Dovuto‘g‘li bu haqida Belgiyada sodir bo‘lgan mash'um hodisalardan so‘ng bir kun o‘tib aytib o‘tdi.
«Mintaqadagi tinchlikni ta'minlash bevosita Turkiyadan boshlanishi zarur va albatta, buning uchun Iroqning shimolidagi vaziyatni bartaraf etish shart», deb o‘z fikrini bildirdi Turkiya bosh vaziri.