Britaniyaliklarning plutoniy ortilgan kemasi Yaponiyadan AQShga yo‘l oldi

Jahon 09:17 / 23.03.2016 1197

22 mart kuni Yaponiyaning Takamura portida Buyuk Britaniyaning Pacific Egret deb nomlangan kemasiga 331 kgli plutoniyni yuklash ishlari yakunlandi va kema portni tark etib, AQShga yo‘l oldi. Kemani yaponiyaliklarning kichik soqchi kemasi kuzatib bormoqda. Bu haqida Kiodo agentligi xabar berdi.

Kema 21 mart kuni AQShga jo‘natilishi kuzda tutilgan edi. Portda britaniyaliklarning Pacific Heron kemasidan yana biri o‘tkir radioaktiv moddalar ortgan holda turibdi.

Birinchi kema harakatlanayotgan yo‘nalishda hech qanday xavf yo‘qligi bildirilgan. Yuk AQShga yetkazib berilgandan so‘ng, undan Savanna-River yadro kompleksida (Janubiy Karolina shtati) foydalaniladi.

Sovuq urush davrida Yaponiyaga 331 kgli plutoniy joylashtirilgan edi. Ulardan 236 kilogrammlik qismi Buyuk Britaniya, 93 kilogrammi AQSh va 2 kilogrammi Fransiya tomonidan. Bu yetkazib berilgan materiallar 40-50 yadro zaryadlarini ishlab chiqarishga yetarli hisoblanadi.

Yaponiya o‘zining AES chiqindilarini Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlarida qayta ishlaydi. U yerda urushga yaroqli plutoniylar ishlab chiqariladi. Yapon ishchilari uni uran bilan aralashtirib, MOKS deb nomlangan portlovchi moddalar ishlab chiqarishni ko‘zda tutishgan.

2014 yilning yakuniga ko‘ra, Yaponiya o‘z hududida 11 tonna plutoniy saqlagan. Bunday moddadan yana 36 tonnaga yaqini Fransiya va Buyuk Britaniya hududdida saqlagan edi.

Ekspertlarning taxminiga ko‘ra, bu materiallardan chamasi 6 mingta yadro zaryadlari tayyorlash mumkin. AQSh Tokiodan pluton zaxiralarini yakunlashlarini yoki aqalli ularni o‘stirishni to‘xtatishlarini so‘ragan edi. Vashington bu materiallar yadro terrorizmini bir bo‘lagi bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Ko‘proq yangiliklar: