Bryussel shahri ma'muriyati Belgiya Qirolligi futbol uyushmasiga (KBVB) murojaat qilib, mamlakat terma jamoasining Portugaliya terma jamoasiga qarshi 29 mart kuni o‘tkazishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilishni so‘ragan.
Ayni vaqtda shahar hukumati hududda teraktlardan keyin yuzaga kelgan tahdidlar sharoitida xavfsizlikni to‘la ta'minlay olmayotgani bildirilgan.
Milliy futbol federatsiyasi bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan va bu haqda o‘z saytida e'lon bergan.
22 mart kuni sodir etilgan teraktlardan keyin terma jamoaning shu kunga belgilangan 2ta mashg‘uloti bekor qilingandi.
Belgiya termasi a'zosi: «Belgiya shok holatida, mamlakatda xaos yuzaga kelgan»