Amerikalik teleboshlovchi Jimmi Kimmel yo‘lovchilar iPhone 5 hamda yaqinda taqdim etilgan iPhone SE o‘rtasidagi tafovutni aniqlay olishlarini tekshirib ko‘rdi.
Kimmel ishtirokchilarga ikkita smartfon, uning so‘zlariga ko‘ra, eski iPhone 5 va iPhone SE beradi. Aslida esa bu smartfonlar ikkita bir xil iPhone 5 bo‘ladi. Shunga qaramay, respondentlar ular orasidagi farqni topishga “muvaffaq” bo‘ladilar.
Qatnashchilarning biri “yangi” iPhone’ning ekrani yorqinroq ekanini sezgan bo‘lsa, boshqa qatnashchilar ham displeyning “yaxshiroq” va “tozaroq”ligini aytishdi. So‘rovda qatnashgan yana bir qiz besh soniyada “iPhone SE”ning batareyasi ingichkaroq ekanini aniqladi. Shuningdek, so‘rov davomida “yangi” smartfonning tezroq ishlashi ham “ma'lum” bo‘ldi.
Apple kompaniyasi 21 mart kuni iPhone SE smartfonini namoyish etgan. Texnik xarakteristikalariga ko‘ra, u iPhone 5s korpusidagi iPhone 6s’ga o‘xshaydi. Lekin bu moslama 3D Touch’ga ega emas.