Ukraina prezidenti 5-7 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi

Jahon 10:36 / 22.03.2016 768

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko rasmiy tashrif bilan 5—7 aprel kunlari Yaponiyada bo‘ladi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yosixide Suga ma'lum qilgan.

Prezident tashrif davomida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan muzokaralar olib boradi. “Bu yilgi "Yettilik” vakili sifatida biz Ukrainadagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etilishini va mamlakatda o‘tkazilajak islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi bosh kotib.

Avvalroq Kioda axborot agentligining ma'lum qilishicha, Poroshenkoning Tokioga tashrif buyurishidan maqsadi Moskva bilan aloqalarda muvozanatga erishishdir. “Yaponiya bosh vaziri Abe AQSh bilan hududiy masalalarda kelisha olmay turgan bir paytda Rossiya bilan aloqalarini mustahkamlashga intilmoqda”, — deyiladi agentlik bergan ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: