Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham ochiladi

Jamiyat 18:39 / 22.03.2016 1861

Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlariga kirish masalalarida ba'zi bir qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar firibgarlik ishlarini shu soha bilan ham amalga oshirmoqdaki, bunday holatlarga kun nuqtai nazaridan yondashmaslik xato bo‘ladi. “Huquq” gazetasining yozishicha namaganlik B.To‘rayev o‘z inon-ixtiyori bilan ularning tuzog‘iga ilindi. B.To‘rayev Namangan muhandislik-texnologiya institutiga hujjat topshirayotgan abiturentlar orasidan tanishlarini topib qing‘ir yo‘llar bilan o‘qishga kirish yo‘llarini qidira boshladi. Buning yechimini amalga oshirishda oliy ma'lumotli qaynotasi, Kosonsoy tumanida yashovchi Sh.Soatov unga ayni muddao bo‘ldi.

Qaynota kuyov o‘z jinoiy ishlarini amalga oshirishda dastlab Namangan shahrida yashovchi Muzaffar ismli yigitni o‘z tuzog‘lariga ilintirib, uni Namangan muhandislik institutiga o‘qishga kirgizib quyaman, deb va'da qildi. Buning evaziga 2500 AQSh dollari ketishini oldindan 10000 AQSh dollari oldi, qolganini o‘qishga kirgandan so‘ng olishini aytib, uni ishontirishdi. Ular o‘z qarmog‘i domiga yangiqo‘rg‘onlik Umid Nazarovdan 2300 AQSh dollari, namanganlik Akram Samatovdan 2000 AQSh dollari evaziga o‘qish kiritish va'dasi bilan olishdi.

Ular o‘z jinoiy harakatlarini davom ettirib, Namangan tumanilik Karim G‘aniyevdan 2000 AQSh dollarini ham olishga ulgurdi. Shuningdek, norinlik Gulmira Mahmudovaga imtihon kuni shiparlgalka va telefondan yordam berishini aytib 1000 AQSh dollari so‘radi va oldindan 200 ming so‘mni olib, 1000 AQSh dollarini o‘qishga kirgach, olishga kelishdi.

Nihoyat 1 avgust ham keldi. Afsuski Oliy ma'lumotli kasbiga nomunosib qaynota va qo‘shtirnoq ichidagi ishbilarmon tadbirkor kuyovning rejalari sarobga aylandi. Ular rejalarni amalga oshirish uchun 1-kichik tuman hududidan o‘tar-o‘tmas huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. B. To‘rayev va Sh. Soatov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor, deb topilib jazoga tortildi. Ular bilan hamkorlik qilgan shaxslar ham jazo tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: