O‘zbek paralimpiyachilari Dubaydagi musobaqada 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Sport 19:23 / 22.03.2016 1089

2016 yilning 17-20 mart kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida Yengil atletika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Xalqaro Gran-pri musobaqasida o‘zbek sportchilari jami 6 oltin, 3 kumush va 2ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Musobaqaning yugurish bahslarida sportchimiz Murodullayev Ma'rufjon 400 m. masofni 00:50.61 soniya, 800 m. masofani 02:04.11 soniya va 1500 m. masofani 04:04.95 soniya natija bilan raqiblaridan ustun kelib, 3 oltin medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Abdurashidov Mansur 100 m. masofani 00:11.30 soniya bilan oltin va 200 m. masofani 00:23.38 soniya natija bilan kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Saxatov Miran 200 m. masofani 00:24.37soniya bilan oltin, Norov Sirojiddin 800m. masofani 02:00.61 soniya bilan bronza medalini zabt etishdi.

Balandlikka sakrash bahsida Xasanov Omadbek 1.70 sm. ga sakrab, bronza medaliga, nayza otish bahsida Qayumova Nozimaxon 42.79 m.ga otib oltin medaliga va yadro irg‘itish bahsida toshni 11,95 m.ga irg‘itib kumush medalini qo‘lga kiritishdi. Binobarin yana bir sportchimiz Semyonova Natalya 14,17 m. natija bilan nayza otish bahsida kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: