Mourino «Atletiko» sport direktorini «Manchester Yunayted»ga taklif qilmoqchi

Sport 12:17 / 22.03.2016 1318

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino «Manchester Yunayted» jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan taqdirda hozirda Madridning «Atletiko» jamoasi sport direktori sifatida ishlayotgan Andrea Bertuni Angliyaga olib o‘tmoqchi.

The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, Berta Mourinoning agenti Jorjye Mendesh bilan qalin aloqalarga ega hisoblanadi.

Mourino «Chelsi»dan ketganidan keyin ingliz matbuoti uning nomini «Manchester Yunayted» bilan bog‘lamoqda. Manchesterliklar bosh murabbiyi Lui van Gaal yozda o‘z lavozimini tark etishi kutilmoqda.

Mourinoning o‘zi ham yozda Angliya jamoalaridan birida bosh murabbiy sifatida ishlay boshlashini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: