Hindiston TIV: BRIKSning navbatdagi sammiti 15-16 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Jahon 11:29 / 22.03.2016 1011

BRIKS tashkilotining navbatdagi sammiti Hindistonning Goa shahrida, shu yilning 15-16 oktabr kunlarida o‘tkaziladi. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj ma'lum qilgan.

"Men mamnuniyat bilan ma'lum qilamanki, BRIKS sammiti Goada 2016 yilning 15-16 oktabr kunlarida bo‘lib o‘tadi", deydi u.

Vazir shuningdek, sammit uchun logotipni namoyish qilgan.

BRIKS - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasidan iborat (BRIKS — Brazil, Russia, India, China, South Africa) xalqaro uyushma bo‘lib, uning tarkibidagi barcha davlatlarning umumiy aholisi 2,83 milliard kishini tashkil etadi (jahon aholisining 42 foizi).

BRIKS siyosiy va iqtisodiy qudratini namoyish etib bormoqda. 2015 yilning aprelida Braziliyada bo‘lib o‘tgan sammit yakunida BRIKS davlatlari 100 mlrd dollarlik kapitalga ega taraqqiyot bankini tuzish bo‘yicha qaror qabul qilishgandi. 2015 yilning yozida, 26—29 iyul kunlari Ufada bo‘lib o‘tgan BRIKS va ShHT sammiti vaqtida asosiy masalalar haqida gaplashib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: