Har yili yetti million gektar tabiiy o‘rmon nobud bo‘ladi

Jamiyat 10:11 / 22.03.2016 1276

O‘rmonlarning hayotimizda tutgan o‘rni naqadar muhimligiga qaramay, har yili yer yuzidan yetti million gektar tabiiy o‘rmonlar qirilib ketadi, 50 million gektar o‘rmon yerlari esa yong‘inlardan aziyat chekadi, deb xabar beradi BMT yangiliklar markazi sayti.

“2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanishni amalga oshirish Xalqaro o‘rmonlar kunining birinchi yil kun tartibi suv ta'minoti tizimida o‘rmonlarning roliga bag‘ishlandi. Qishloq xo‘jaligi, sanoat va maishiy turmushda foydalaniladigan chuchuk suvlarning to‘rtdan uch qismi o‘rmon suv to‘plamlari orqali yetkaziladi”, - deyiladi BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning Xalqaro o‘rmonlar kuni munosabati bilan tayyorlangan bayonotida.

BMT rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bogota, Durban, Jakarta, Madrid, Nyu-York, Rio-da-Janeyro va boshqa ko‘plab yirik shaharlar aholisi ichimlik suvining katta qismini o‘rmonli hududlardan oladilar.

“Dunyo aholisi sonining o‘sishi va suvga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishi oqibatida o‘rmonlarni suv manbai sifati muhofazalash masalasi yanada dolzarblashib bormoqda. 2025 yilga kelib deyarli 1,8 milliard odam suv o‘ta tanqis bo‘lgan hududlarda istiqomat qiladilar, umumiy hisobda esa suv tanqisligidan dunyo aholisining uchdan ikki qismi aziyat chekadi”, - deb qayd etdi Pan Gi Mun.

21 mart – Xalqaro o‘rmonlar kuni munosabati bilan Pan Gi Mun barcha hukumatlar, xususiy sektorlar, fuqarolik jamiyatlari va boshqa hamkorlarni umumiy kelajagimiz yo‘lida o‘rmonlarni muhofaza qilish, qayta tiklash va sog‘lom o‘rmonlarni saqlash uchun kompleks stratigiyalar va amaliy chora-tadbirlar qo‘llashga da'vat etdi. U o‘rmonlarga sarmoya qilish, ularni muhofazalash – sayyoramizni sug‘urtalash ekanini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: