Fransiyalik “o‘rgimchak odam” Parijdagi osmono‘par binoga hech qanday ehtiyot vositasiz ko‘tarildi

Jamiyat 07:27 / 22.03.2016 1898

Fransiyalik 53 yoshli sportchi, baland binolarga o‘rmalab chiqishi bilan “o‘rgimchak odam” deb nom olgan taniqli alpinist Alen Rober yana bir marotaba xavfli ko‘tarilishni amalga oshirdi: u hech qanday ehtiyot vositasiz Parijdagi osmono‘par binoga ko‘tarildi.

Alen buning uchun Defans ishbilarmonlik dahasidagi binoni tanladi. “O‘rgimchak odam” zabt etgan binoning balandligi 187 metrni tashkil qiladi. Sportchi binoning eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi uchun unga 45 daqiqa talab etildi.

“O‘rgimchak odam” har gal bunday ko‘tarilishlarni amalga oshirganda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishiga qaramasdan, alpinizm uning hayoti ekanini aytib keladi.

“Alpinizm mening ehtirosim, mening hayotiy falsafam. Men yuqoriga ko‘tarilayotganda bosh aylanishni sezishim va baxtsiz hodisalar meni deyarli 66 foizga nogiron qilganiga qaramasdan, men yakka holda harakat qiluvchi dunyodagi eng yaxshi alpinist bo‘lishga muvaffaq bo‘ldim”, deb yozdi Rober feysbukdagi sahifasida. 

Alen bungacha Eyfel minorasini, Sidney opera teatri, Dubaydagi Burj-Xalifa binosi va Kuala-Lumpurdagi Petronas minorasini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: