Avraam Russo taxallusini savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni istamoqda

Jamiyat 22:31 / 21.03.2016 2114

Rossiyalik qo‘shiqchi Avraam Russo o‘z taxallusini savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni istamoqda. Bu haqda “Moskva” shahar yangiliklari agentligi xabar bermoqda.

Artist shu ma'noga ega arizasini Rossiya intellektual federal xizmatiga taqdim etgan.
“Arizada lotin alifbosi harflaridan iborat ikki so‘z Avraam Russo keltirilgan”, — deb ma'lum qilgan qo‘shiqchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z taxallusini ham rus alifbosi harflarida, ham lotin alifbosi harflarida ro‘yxatdan o‘tkazishni istaydi.
Russoning qayd etishicha, u yaqin orada biror-bir tovar ishlab chiqarmaydi, gap sahnadagi ijod haqda bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: