“Sovetskiy sport” nashri Utkinning TsSKA haqidagi maqolasi uchun uzr so‘radi

Sport 22:05 / 21.03.2016 1148

“Sovetskiy sport” gazetasi o‘zining bosma versiyasida 2006 yilda chop etilgan, sport sharhlovchisi Vasiliy Utkinning maqolasi uchun TsSKA futbol klubidan uzr so‘radi. Bu maqolada “Rostov” va TsSKA o‘rtasidagi uchrashuv kelishilgan bo‘lgani ta'kidlangan edi.

“O‘z vaqtida gazetamiz o‘z sahifalarida maqola muallifi ta'kidlari aniq dalil va isbotlar bilan mustahkamlanmagan materialni joylashtirib, TsSKA klubi va uning muxlislariga nisbatan noto‘g‘ri ish qilgan. Uzr so‘rash vaqti keldi”, deyilmoqda gazetadagi “Priglasheniye k dialogu” ruknida.

Uzrnoma muallifi nashrning hozirgi bosh muharriri Konstantin Kleshev bo‘lib, u bu xatoga undan avvalgi bosh muharrirlar yo‘l qo‘yganini ta'kidlamoqda. 2016 yil fevralda gazeta o‘z egasini o‘zgartirdi, shundan keyin tahririyatga avval “Sport-Ekspress” nashrini boshqargan Kleshev keldi.

TsSKA 2006 yilda gazetada Vasiliy Utkinning “Igry, kotoryye my zaslujili. Poslesloviye k televizionnomu disputu s prezidentom TsSKA i premer-ligi Yevgeniyem Ginerom” (“Biz qozongan o‘yinlar. TsSKA va premer-liga prezidenti Yevgeniy Ginerning televizion bahsiga xotima”) maqolasi chop etilgandan keyin “Sovetskiy sport” gazetasi bilan muloqot qilishdan bosh tortgan. Sharhlovchi maqolada o‘sha yili o‘tgan, TsSKAning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan “Rostov” — TsSKA uchrashuvi “kelishilgani” haqidagi fikrga kelganini yozgan.

Shu maqola sababli klub gazeta va Utkin ustidan sudga shikoyat arizasi topshirgan. Avval TsSKA sudda ishni yutib chiqqan, biroq Moskva hakamlik sudi armiyachilarning shikoyatini asossiz deb topib, nashr tomonini olgan.

Gazetaning yangi egasi “Ura media” xoldingi bo‘ldi. 2000-yillarning o‘rtalaridan gazeta “Komsomolskaya pravda” nashriyot uyiga tegishli bo‘lgan. Gazeta 1924 yildan beri chop etib kelinadi.

Ko‘proq yangiliklar: