Amerikaning mehmonxonalar tarmog‘i bo‘lmish Starwood Hotels & Resorts Worldwide kompaniyasi Kuba bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters. Shunday qilib, bu Vashington va Gavana o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilangach, Kuba bozoriga qaytgan birinchi eng yirik AQSh kompaniyasi bo‘ldi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, kompaniya ko‘pmillionlik investitsiya haqida ma'lum qilgan. Bu gap AQSh prezidenti Barak Obamaning Kubaga tashrifidan so‘ng aytilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, kompaniya Gavanada ikkita mehmonxonani yuritadi. Bundan tashqari, Starwood mamlakatda uchinchi obektni ochish va uni nazorat qilish masalasida ham kelishuvga erishgan.