Rossiya turizm sanoati ittifoqida ma'lum qilinishicha, Rostov-Donda qulab tushgan Boeing samolyoti Dubayga 140 nafar sayyohni olib qaytishi kerak bo‘lgan. Bu haqda TASS agentligi Rossiya turizm sanoati ittifoqi matbuot xizmatiga asoslanib xabar tarqatgan.
"Biz bu samolyot bugun Rostov-Dondan Dubayga 140 nafar sayyohni olib qaytishi kerak bo‘lgan samolyot ekanini aniqladik. Bu samolyotga chiqishi kerak bo‘lganlarning ko‘pchiligi bolalar. Hozir ular Kransnodarga avtobusda ketishmoqda. U yerga FlyDubai aviakompaniyasi boshqa samolyot jo‘natadi", deydi matbuot xizmati vakili.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi.
Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar (55 kishi) va ekipaj a'zolari (7 kishi) halok bo‘lgan.